» » Xitoy Janubiy Koreya hududiga AQShning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishini ma’qullamaydi

Xitoy Janubiy Koreya hududiga AQShning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishini ma’qullamaydi


Xitoy ma’muriyati AQSh tomonidan Janubiy Koreya hududiga THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirishini ma’qullamaydi. Bu haqda, AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning janubiy koreyalik hamkasbi Yun Byon Se bilan telefon orqali muloqotidagi tegishli bayonotga izoh bergan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili — Lu Kan ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Xitoy tomoni AQSh tomonidan Janubiy Koreya hududiga THAAD tizimi o‘rnatilishiga qarshi. Bizning bu masalaga yondoshuvimiz o‘zgarmaydi. Raketaga qarshi mudofaa tizimining o‘rnatilishi Xitoy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarga zarar yetkazadi”, — deya ta’kidladi Lu Kan.

Tillerson va Yun Byon Se o‘zaro muloqot chog‘ida Shimoliy Koreyaga nisbatan bosimni kuchaytirish haqida kelishib olgan edi.

AQSh davlat kotibi Vashingtonning Janubiy Koreya hududiga THAAD tizimini joylashtirish niyatini tasdiqlagan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют