» » Qashqadaryoda telefonidan behayo videolar topilgani uchun onasi maktabga chaqirilgan 15 yoshli o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi

Qashqadaryoda telefonidan behayo videolar topilgani uchun onasi maktabga chaqirilgan 15 yoshli o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qashqadaryoda 15 yoshli o‘quvchining jasadi kanaldan topildi” mavzusidagi xabarlar yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 19-oktabr kuni Qarshi tumani, “Xoniyon” MFY, Yuksalish ko‘chasida yashagan voyaga yetmagan 15 yoshli R.A. Qarshi bosh kanalining “Dasht” qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismidagi ko‘prikdan suvga sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan ishga aloqador 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori va ishchi-xodimlaridan hamda o‘quvchilardan tushuntirishlar olingan.

Mavzuga doir: Milliy gvardiya xodimlari Qoraqalpog‘istonda ko‘prikdan suvga sakragan ayolni qutqardi

Aniqlanishicha, o‘quvchi R.A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga chaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, o‘g‘liga tanbeh qilganidan so‘ng, R.A. maktabdan yugurib chiqib ketib, kanal tomonga ketganligi, sinfdoshlari esa uning orqasidan borganligi va R.A.ni uzoqdan o‘zini kanalga tashlaganini ko‘rishgan. O‘sha kuni R.A.ni hech kim urib haqorat qilgani aniqlanmagan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish davomida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Qarshi tumani IIB, voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiya va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Mavzuga doir: Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota 1 yoshli o‘g‘lini kanalga cho‘ktirib yubordi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют