» » Namanganda qalbaki dollar sotgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda qalbaki dollar sotgan shaxs qo‘lga olindi


Namangan viloyatida qalbaki dollar tayyorlab sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.M. har biri 100 dollar kupyuradagi 21 dona 2100 dollar miqdoridagi qalbaki valyutani fuqaro U.T.ga 1000 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют