» » Namanganda 237 mln so‘mlik qalbaki dori vositalari to‘xtatildi

Namanganda 237 mln so‘mlik qalbaki dori vositalari to‘xtatildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Namangan—Sherobod” YPX nazorat maskanida fuqaro A.I.ning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatildi. Uning yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli 1200 kassetada 300 milligrammlik, umumiy qiymati 237,8 million so‘mlik qalbaki Regapen nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.I., A.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют