» » Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari saqlanuvchi “yama” aniqlandi

Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari saqlanuvchi “yama” aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan DXX shahar bo‘limi va Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.X. o‘z xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini noqonuniy ravishda muomalaga kiritishga mo‘ljallangan “yama” tashkil etganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytiladi.

Xususan, ushbu “yama”da O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 320 million so‘mlik dori vositalari hamda 84 kg “Latun” (rangli metall) parchalari saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют