» » Samarqand viloyatida huquqbuzarlardan noqonuniy sotishga mo‘ljallangan 3,2 mln so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi

Samarqand viloyatida huquqbuzarlardan noqonuniy sotishga mo‘ljallangan 3,2 mln so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi


Samarqand viloyati davlat soliq organlari tomonidan yanvar oyida besh holatda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy ravishda dori-darmon vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi huquqbuzarlar aniqlanib, ulardan 3,2 million so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jumladan, Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining 28-yanvar kuni o‘tkazgan reyd tekshiruvida fuqaro U.Doniyorov hech qanday hujjatsiz, noqonuniy ravishda dori-darmon vositalarini sotayotgani aniqlandi. Undan qiymati 1 million 600 ming so‘mlik 53 turdagi dori-darmon vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi hamda soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlarining 30-yanvar kuni hamkorlikda o‘tkazgan tadbirida “Payariq dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Davtepa filialida fuqaro D.Sharopov noqonuniy ravishda dori-darmon vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgani ayon bo‘ldi. Undan tegishli hujjatlar asosida 1 million 752 ming so‘mlik 184 turdagi dori-darmon vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют