» » Noinsof dorixonalar va ularning xodimlari ro‘yxatga kiritiladi

Noinsof dorixonalar va ularning xodimlari ro‘yxatga kiritiladi


Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlarini buzishi, shu jumladan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixona muassasalarining manzillar reyestri va xodimlar reyestrini shakllantiradi. Manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan ma’lumotlar ular kiritilgan vaqtdan e’tiboran uch yil o‘tganidan so‘ng chiqarib tashlanadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Prezidentning “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (pdf) bilan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Dorixona muassasalari idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar belgilangan narxlari bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining tasdiqlangan ro‘yxatini davlat va rus tillarida 12-shrift o‘lchamidan kam bo‘lmagan o‘lchamda ko‘rinadigan joyga osib qo‘yishlari shart.

Dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlari bilan birga sotib oluvchiga identifikatsion ma’lumotlar (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori) bilan birga dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumotlar, berish sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheki beriladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat ostida olish natijalari bo‘yicha olingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash bo‘yicha tartibni buzish faktini tasdiqlovchi tovar va kassa cheklari dorixona muassasasining litsenziyasini to‘xtatib turish yoki tugatish uchun asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют