» » O‘zbekistonda yil oxirigacha 33 ta farmatsevtika korxonasi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda yil oxirigacha 33 ta farmatsevtika korxonasi ishga tushiriladi


2017-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda 33 ta yirik farmatsevtika korxonasi ishga tushiriladi. Bu haqda, “O‘zfarmsanoat” konserni raisi Mirzanozim Do‘stmurodov axborotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Import o‘rnini bosish maqsadida ishga tushirilayotgan bu korxonalar yil yakunigacha mahalliy dori-darmon ishlab chiqarish ulushini 70 foizgacha yetkazish imkonini beradi.

Mirzanozim Do‘stmurodovning qayd etishicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisobiga belgilangan narxlar bo‘yicha sotilayotgan preparatlar ro‘yxati ham kengaytiriladi.

“O‘zfarmsanoat” rahbari 2016-yil mahalliy korxonalar tomonidan qiymati 340 million dollarga teng mahsulot ishlab chiqarilganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy dori-darmon vositalarining import qilinuvchi muqobillariga nisbatan 2 barobar arzonligi o‘tgan yili 700 million dollarni tejab qolishga imkon bergan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют