» » O‘zbekiston yanvarda 31 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi

O‘zbekiston yanvarda 31 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi


O‘zbekiston 2017-yil yanvar oyida 31 ming tonna yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. Bu 2016-yilning hisobot davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 89 foiz ko‘p, deb xabar bermoqda UzDaily “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib.

Meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlarni eksport qilish natijasida yanvar oyining o‘zida O‘zbekiston iqtisodiyotiga kirib kelgan valyuta tushumi 2016-yilga nisbatan ikki barobar o‘sib, 42,5 million dollarni tashkil etdi. O‘tgan yili mazkur ko‘rsatkich qariyb 20,8 million dollarga teng bo‘lgan edi.

2017-yil yanvarida eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismini uzum, anor, limon, xurmo, olma, ko‘katlar, karam, sabzi, bodring, pomidor, lavlagi, turp, sholg‘om, yeryong‘oq, mosh va boshqalar tashkil etdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют