» » Buxoro va Xorazm viloyatlari vakillari Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz viloyatlariga tashrif buyurdi

Buxoro va Xorazm viloyatlari vakillari Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz viloyatlariga tashrif buyurdi


O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining topshiriqlarini amalga oshirish doirasida Buxoro va Xorazm viloyatlari delegatsiyalari 4—5-fevral kunlari Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz viloyatlariga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif doirasida ikki mamlakatning mazkur hududlari ma’muriy rahbarlari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar qardosh davlatlar va xalqlar o‘rtasida yuqori darajadagi ishonch, o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarning shakllanishidan mamnun ekanliklarini izhor etdi.

Mintaqalararo darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qalin sherikchilik aloqalari, xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Lebap va Toshhovuz viloyatlarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari, madaniy yodgorliklar tanishtirildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют