» » Bosh prokuratura Toshkentda valyutachilar “yama”sini fosh etdi

Bosh prokuratura Toshkentda valyutachilar “yama”sini fosh etdi


Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ushbu tadbirda, fuqarolar X.R., X.A. va Ya.Q. Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida qonunga xilof ravishda “yama” tashkil qilib, chet el valyutasi savdosi bilan shug‘ullanib kelishganligi aniqlanib, har bir AQSh dollarini 8200 so‘mdan hisoblab, 15000 AQSh dollarini fuqaro M.ga 123 million so‘mga sotgan vaqtda ushlangan.

Tadbir davomida ulardan 15000 AQSh dollari hamda tashkil qilingan “yama”dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallangan 38 million 600 ming so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalillar sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar X.R., X.A. va Ya.Q.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 11:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют