» » Andijonda valyutafurushlar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi (vidеo)

Andijonda valyutafurushlar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi (vidеo)


Andijonlik fuqaro Ziyodulla Shokirov o‘z akasi bilan oldindan til biriktirib, qonunga xilof ravishda, ko‘p miqdordagi valyuta qimmatliklarini olish va qayta sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirda Ziyodulla Shokirov fuqaro Abdullayevga har bir AQSh dollarini 7920 so‘mdan kelishib, jami 3000 AQSh dollarini 23 760 000 so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Shu bilan birga, tadbir davomida fuqaro Ziyodulla Shokirovdan jami 4700 AQSh dollari va 30500 so‘m pullar hamda boshqa predmetlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va Buloqboshi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro Shakirov va Abdukarimov valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgani fosh etilgan.

Ular fuqaro Rustamovga har bir AQSh dollarini 7330 so‘mdan sotishga kelishib, jami 4400 AQSh dollarini 32 252 000 so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi. Tadbir davomida 4400 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют