» » Toshkent shahrida valyutafurush salkam yarim mlrd so‘m bilan qo‘lga tushdi (video) 

Toshkent shahrida valyutafurush salkam yarim mlrd so‘m bilan qo‘lga tushdi (video) 


Bosh prokuratura huzuridagi departament va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent shahridagi xonadonlardan birida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Baxtiyor Tojiyev o‘zi yashayotgan xonadonda noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish uchun maxsus “o‘ra” tashkil etgan. U navbatdagi mijozdan 100 AQSh dollarini 807 ming so‘mga sotib olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Baxtiyor Tojiyev qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanishi va xonadonidagi barcha pullar o‘ziga tegishli ekanligini tan oldi.

Tadbir davomida xonadonda noqonuniy muomalaga kiritishga mo‘ljallangan 268 million 357 ming so‘m, 1100 yevro va 19 ming 104 AQSh dollari borligi aniqlandi. Jami 424 million 201 ming 864 so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu ish yuzasidan Bosh prokuratura xuzuridagi departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют