» » Buxoroda tadbirkorga konteyner olib berishni va’da qilib aldagan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Buxoroda tadbirkorga konteyner olib berishni va’da qilib aldagan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Buxoroda tadbirkorga konteyner olib berishni va’da qilib uning 250 dollar pulini firibgarlik bilan o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro shahri Gulshan ko‘chasida yashovchi, 36 yoshli O.H. 2019-yilning avgust oyi boshlarida Kogon tumanida yashovchi S.R.ning ishonchiga kirib, unga Romitan tumanida yashovchi Nodir ismli tanishiga tegishli bo‘lgan 6 metrli, 2 dona, YKTU 2556573 va YKTU 2556573 markali ko‘chma konteynerni 1 100 dollarga sotib olib berishini aytgan.

Mavzuga doir: Toshkentda bir necha kishiga Nexia-3’ni sotishga uringan firibgar qo‘lga olindi

S.R.dan avans sifatida 250 dollar olgan. Qolgan 850 dollar pulni ko‘chma konteynerlarni aytgan manziliga yetkazib berganidan so‘ng olishini va’da qilgan.

Oradan ancha vaqt o‘tgach S.R aldanganligi, O.H. ushbu pullarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib, va’da qilingan konteynerlarni keltirib bermasdan, firibgarlik qilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir: Toshkentda firibgar 15 ta Lacetti va 1 Malibu olib beraman deb, bir ayolning 203 ming dollar pulini “uxlatib ketdi”

Tergov jarayonida bir nechta fuqarolar O.H.ning bunday qilmishidan jabrlanganliklari taxmin qilinmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) tegishli bandiga asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют