» » Buxoroda uy qurib berish vaji bilan salkam 265 mln so‘mni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Buxoroda uy qurib berish vaji bilan salkam 265 mln so‘mni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi


Buxoroda fuqarolarga uy qurib berishni va’da qilib ularning katta miqdordagi pullarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

“Buxoro shahar Shirbudin ko‘chasi 6-muyulish 5-uyda yashovchi nafaqadagi Muslima Negmatova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilib Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Ayronchi qishlog‘ida yashovchi “Arxitektor-Hamkor” xususiy korxonasi rahbari 1986-yilda tug‘ilgan Asliddin Egamov ishonchini suiiste’mol qilib, uy qurib berishni va’da qilib, 40 000 000 so‘m pullarini qo‘lga kiritib hozirga qadar qaytarib bermasdan kelayotganligini bayon qilgan”, — deyiladi xabarda.

Murojaat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, “Arxitektor-Hamkor” xususiy korxonasi rahbari A.Egamov Muslima Negmatova singari ko‘plab fuqarolarni aldab, ularning katta miqdordagi pullarini qo‘lga kiritib, o‘z manfaatlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Jumladan, A.Egamov o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasi 72/1-uy 82-xonada yashovchi Baxtiyor Xudoyberdiyevga uy-joy qurib berishini aytib, uning 41 431 000 so‘m pulini olgan.

Bundan tashqari, A.Egamov Romitan tumani F.Xo‘jayev ko‘chasi 32-uy, 10-xonada yashovchi Anvar Azimovga ham xuddi shunday va’dalar berib uning 182 540 000 so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Egamovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 15:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 109) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют