» » Surxondaryoda yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana 2 nafari og‘ir ahvolda

Surxondaryoda yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana 2 nafari og‘ir ahvolda


Bugun, 29-oktabr kuni soat 00:45 larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Sharg‘un” MFY hududida “KamAZ” yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida YTH yuz berdi.

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa oqibatda 4 nafar fuqaro jarohatlangan.

Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. 29 yoshli A.D. voqea joyida vafot etgan, 26 yoshli N.A. ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay vafot etgan.

Qolgan ikki nafar fuqaro: 32 yoshli A. D. bosh miya yopiq jarohati, tananing kompulaksion sinishi tashxisi hamda 29 yoshli N.G. bosh miya yopiq jarohati, chap chanoq peshona yuz, ikkala qo‘l kaft va tizza sohalari ezilgan va shilingan jarohati tashxisi bilan og‘ir ahvolda Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют