» » Qarshida tez yordam shifokorlari kaltaklandi. Ular orasida ayol shifokor ham bor

Qarshida tez yordam shifokorlari kaltaklandi. Ular orasida ayol shifokor ham bor


Qarshida tez tibbiy yordam xodimlariga yana tajovuz qilindi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 16-oktabr kuni soat 08:28 da Qarshi shahri, Depo ko‘chasi 28-uyda yashovchi 52 yoshli Sh.G. hushidan ketgani yuzasidan “tez yordam” chaqirtirilgan.

Soat 8:36 da chaqiriq joyiga  vrach A.B., feldsher S.N. hamda haydovchi G‘.R.dan iborat “tez yordam” brigadasi jo‘natilgan va ular manzilga zudlik bilan soat 08:42 da yetib borgan.

Vrach va feldsher xonaga kirganida bemor yonbosh yotgan, qo‘llari va oyoqlari bukilgan holatda bo‘lgan. Vrach qon bosimini o‘lchash uchun uning qo‘lini to‘g‘rilashga uringanida qo‘li muzlaganini sezgan. Shundan so‘ng shifokor darhol bemorning bo‘ynidagi tomir urishini aniqlashga harakat qilgan. Tomir urishi sezilmagan, bemor nafas ham olmagan, ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka ta’siri tekshirilganida esa umuman reaksiya bo‘lmagan.

Shundan so‘ng shifokor biologik o‘limni qayd etgan. Bu haqda yonida turgan feldsherga ma’lum qilgan. Buni eshitgan orqada turgan ikki erkak kishi feldsher S.N.ning beliga to‘satdan kuchli zarb bilan qattiq tepgan. Ayol kishi bo‘lishiga qaramasdan, vrach A.B.ni ham bir vaqtning o‘zida qattiq kaltaklashgan. Natijada feldsher voqea joyida hushidan ketgan, vrach esa jiddiy tan jarohati olgan.

“Tez yordam” haydovchisi o‘sha uyda bo‘lganlardan biri ko‘magida shifokor va feldsherni mashinaga olib chiqib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialiga olib kelgan. Mutaxassislar ko‘rigi va standart tekshiruvlarda feldsher S.N.ga yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, ko‘krak, orqa va bel, bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi, vrach A.B.ga yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, yumshoq to‘qimalarning  lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan. Ular ayni paytda RSHTYOIM Qarshi filialining neyroxirurgiya bo‘limida davolanmoqda.

Chaqiriq bo‘lgan xonadondagi marhumning jasadini uning yaqinlari o‘zlarining avtomashinasida RSHTYOIM Qarshi filialiga o‘zlari olib borgan. Reanimatsiya bo‘limi shifokorlari uni taxminan bir soatcha avval vafot etganini tasdiqlagan. Shundan so‘ng shifoxona ma’muriyati ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют