» » Samarqandda avtohalokat sababli tez yordam yetib kelmagan xonadondagi ayol uyda chaqaloqli bo‘ldi

Samarqandda avtohalokat sababli tez yordam yetib kelmagan xonadondagi ayol uyda chaqaloqli bo‘ldi


Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida avariyaga uchragan tez yordam brigadasi  va chaqiruv qilgan homilador ayolning holati bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritildi.

Zarnews nashrga ko‘ra, 2019-yil 12 may kuni tongi soat 03:40 da Paxtachi tumanining “Dabusya” mahallasida yashovchi homilador ayol M.Qarshiyeva shoshilinch tez yordam so‘rab, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Ushbu chaqiriqqa javoban yaqin atrofda joylashgan Boltali tez yordam shoxobchasining tez tibbiy yordam brigadasi shifokorlari Damas rusumli avtomashinada yo‘lga chiqqan.

Ammo soat 04:05 da M-37 avtomagistral yo‘lida ketayotgan tez yordam mashinasi MAN yuk mashinasi tomonidan urib yuborilishi oqibatida avtohalokatga uchragan. Natijada tez tibbiy yordam brigadasi a’zolari og‘ir tan jarohatlari olgan va zudlik bilan tuman markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga olib kelingan.

— Brigada feldsheri O.Doniyev hamda vrach I.Ahmedov shu kunning o‘zida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yuborildi, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shavkat Jabborov. — Markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori A.Tilyakov boshchiligidagi bir guruh shifokorlar tomonidan konsilium qilinib, kerakli tibbiy muolaja va tavsiyalar berildi. Avtohalokatga uchragan brigada haydovchisi E.Uzoqov esa tuman tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.

Chaqiriq bo‘lgan “Dabusya” mahallasida yashovchi M.Qarshiyevaning xonadoniga ikkinchi tez yordam brigadasi borgunicha tug‘ruq uyida o‘tkazilgan. Hozirda ona va bolaning ahvoli yaxshi, tug‘ruq asoratsiz o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют