» » Samarqandda MAN chaqiruvga ketayotgan tez yordam mashinasini  urib yubordi

Samarqandda MAN chaqiruvga ketayotgan tez yordam mashinasini  urib yubordi


12-may kuni soat 04.05 atrofida “Toshkent—Nukus” M-37 yo‘lining Samarqand viloyati, Paxtachi tumani hududidan o‘tgan 120-kilometrida MAN yuk mashinasi Damas tez tibbiy yordam mashinasini urib yubordi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, ushbu hodisa Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam brigadasining uch nafar xodimi tumandagi “Dabusya” mahallasida yashovchi homilador ayol M.K.ning murojaati asosida chaqiriqqa borayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Oqibatda ular og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tez yordam mashinasi yo‘lning qayrilib olish qismidan burilayotgan vaqtda MAN yuk avtomashinasi kelib urilishi natijasida 1965-yilda tug‘ilgan shifokor I.A., 1986-yilda tug‘ilgan feldsher O.D. hamda 1977-yilda tug‘ilgan haydovchi E.U. og‘ir tan jarohati olgan.

Hozirda jabrlanganlar Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, shifokor nazoratiga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют