» » Luis Suares La Ligada o‘zi qarshi o‘ynagan barcha klubga gol urdi

Luis Suares La Ligada o‘zi qarshi o‘ynagan barcha klubga gol urdi


“Barselona” 29-oktabr, seshanba kuni Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahsda “Valyadolid”ni mag‘lubiyatga uchratdi (5:1).

Kataloniyaliklar klubi hujumchisi Luis Suares uchrashuvning 77-daqiqasida Lionel Messining uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

“Valyadolid” urugvaylik futbolchi La Ligada gol urmagan yagona klub bo‘lib qolayotgandi. Shu tariqa 32 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida qarshi o‘ynagan 27 ta jamoaning barchasiga gol urdi, deya ma’lumot bermoqda Opta.

Ma’lumot uchun, Suares 2014-yildan buyon “Barselona”da to‘p surib kelmoqda va shu kungacha chempionatda 137 ta gol urishga erishdi. Suares ushbu mavsum klub safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta golga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют