» » Bo‘rsiq o‘lgan sigirni “dafn etdi” (video)

Bo‘rsiq o‘lgan sigirni “dafn etdi” (video)


Yuta universiteti olimlari Nevada shtatidagi Greyt Beysin sahrosida o‘lik sigirni ko‘mishga muvaffaq bo‘lgan bo‘rsiqni aniqladi, deb xabar beradi Meduza.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘z vaznidan og‘ir bo‘lgan o‘lja bilan bu darajada mohirona shug‘ullangan bo‘rsiqni birinchi marta ko‘rgan.

Bo‘rsiq—polvon olimlar tomonidan sahroga o‘rnatilgan kameralar yordamida aniqlangan. Videodan ko‘rinib turibdiki, 23 kilogrammli sigir tanasini butunlay ko‘mish uchun bo‘rsiqqa besh kun kerak bo‘lgan. Bo‘rsiq keyingi ikki haftani ham o‘zi kovlagan inda o‘tkazgan.

Olimlarning fikricha, bo‘rsiq sigirga boshqa yirtqichlar teginmasligi uchun yashirib qo‘ygan. Tadqiqotchilar bunday ko‘mib qo‘yishni muzlatgichga qiyosladi.

“Bo‘rsiqlarning yemishni o‘zinikiga aylantirish hamda uning ustidan hukmronlik qilish qobiliyati meni hayron qoldirdi”, — deydi ekspeditsiya a’zosi Evan Bushli.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют