» » Andijondagi to‘g‘ondan Qirg‘iziston fuqarosining jasadi topildi

Andijondagi to‘g‘ondan Qirg‘iziston fuqarosining jasadi topildi


28-oktabr, dushanba kuni soat 07:30 da Andijon viloyatining Buloqboshi tumani “Baynalminal” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Farg‘ona” kanalining 1-sonli GES to‘g‘onidan erkak kishining murdasi topildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tashqi ko‘rinishida jarohat alomatlari bo‘lmagan murda Qirg‘iziston fuqarosi Azamat Satibaldiyev bo‘lib chiqqan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan vafot etgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют