» » Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning o‘g‘li yo‘qolib qoldi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning o‘g‘li yo‘qolib qoldi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik Sarvinoz Adizova Umar Mormurodov ismli o‘g‘ilchasi bilan yo‘qolib qoldi. Ayol 28-oktabrda o‘g‘lini bolalar aravachasiga solib, uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar berdi.

24 yoshli Sarvinoz Adizova to‘rt yarim oylik o‘g‘li Umar bilan 28-oktabr kuni ertalab taxminan soat 10:00 da sayrga chiqib ketgan va shundan keyin aloqaga chiqmagan.

Ayolning 29 yoshli eri ularni uyga qaytishini kutgan, 29-oktabr, seshanba kuni u qidiruvga politsiyani jalb qilgan. Ayol uyda bola tarbiyasi bilan band bo‘lgan, bundan avval yo‘qolib qolmagan, rus tilida yaxshi gaplasha olmaydi.

Turmush o‘rtog‘ining so‘zlariga ko‘ra, rafiqasi shahardagi “Kontinent” savdo-ko‘ngilochar kompleksiga yo‘l olgan edi. Uning egnida apelsin rangli palto, to‘q ko‘k shim hamda u bilan sariq rangli bolalar aravachasi bo‘lgan. Ayolning yonida hujjatlari bo‘lmagan, telefoniga bog‘lanib bo‘lmayapti. Chaqaloq to‘q ko‘k rangli kombinezonda bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют