» » Moliya vazirligi pul ajratmagani bois Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar qurilmayapti. Ularni qurish haqida Prezident topshiriq bergandi

Moliya vazirligi pul ajratmagani bois Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar qurilmayapti. Ularni qurish haqida Prezident topshiriq bergandi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son farmoyishiga muvofiq, yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida ko‘zi ojizlar kutubxonalari uchun yangi binolar qurilishi kerak edi, biroq bu topshiriq o‘z vaqtida bajarilmay qolmoqda. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Oqilova Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida bergan hisobotida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Kamola Oqilovaning ma’lum qilishicha, Prezident imzolagan hujjatga muvofiq, 2019-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari ko‘zi ojizlar kutubxonalari uchun yangi bino qurish, Qoraqalpog‘istondagi ikkita, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazmdagi tumanlarda joylashgan bittadan ko‘zi ojizlar kutubxonalarini boshqa binolarga ko‘chirish va ularning filiallariga xonalar ajratish belgilangan.

Hukumatning 2018-yil sentabrdagi qaroriga muvofiq, Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yangi quriladigan ko‘zi ojizlar kutubxonalari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, ammo Moliya vazirligi tomonidan kerakli miqdorda mablag‘ ajratilmaganligi sababli qurilish ishlari boshlanmagan.

Kamola Oqilovaning qayd etishicha, Madaniyat vazirligi 2019-yil iyul oyida qurilish uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha Investitsiya va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligiga ko‘rsatma berishni so‘rab, Vazirlar Mahkamasiga xat kiritgan. Undan avvalroq, fevral oyida esa uchala hudud ma’muriyatlariga avariya holatiga kelib qolgan ko‘zi ojizlar kutubxonalari uchun yangi binolar qurish, ajratish, ta’mirlash, jihozlash va shtatlar ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan.

Yig‘ilishda qatnashgan Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Anvar Hasanovning so‘zlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmdagi ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalarning qurilishiga pul ajratilmayotganida Madaniyat vazirligining qisman aybi bor.

“Yillik investitsiya dasturi har yilning iyun—avgust oylarida shakllantiriladi, masalan, 2020-yil uchun investitsiya dasturi 2019-yilning yozida tayyorlangan. Shu vaqtda vazirlik va idoralar kelgusi yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihalar ro‘yxatini tayyorlab beradi. Madaniyat vazirligi uchun 2019-yilda 29,9 milliard so‘m ajratilgan, lekin aytilayotgan kutubxonalar qurilishi uchun mablag‘ ko‘zda tutilgan. Ko‘rsatilgan binolarni qurish 2020-yilgi dasturga kiritilgan”, — dedi Moliya vazirligi vakili.

Moliya vazirligi vakilining so‘zlariga javoban, senatorlar ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalarni 2019-yilda qurib bitkazish haqidagi topshiriq Prezident tomonidan berilgani, agar biror topshiriq kechiktirilayotgan bo‘lsa, muddatni uzaytirish bo‘yicha Prezidentga axborot kiritish kerakligi, shundagina muammo yechim topishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют