» » NATO mamlakatlari Kaliningraddagi “Iskandar”larni xavfsizlikka tahdid deb hisoblaydi

NATO mamlakatlari Kaliningraddagi “Iskandar”larni xavfsizlikka tahdid deb hisoblaydi


NATO mamlakatlari Kaliningrad viloyatiga Rossiyaning “Iskandar” raketa majmualarining joylashtirilishini o‘z xavfsizligiga tahdid deb hisoblaydi. Bu haqda alyans bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Gettemyuller aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Kaliningrad viloyati Rossiya hududi ekanligi borasida hech kim da’volashayotgani yo‘q. Ammo ‘Iskandar’ raketa majmualarining joylashtirilishi — harbiylashtirish va havo hududi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tendensiya isboti. NATOning Rossiya bilan qo‘shni bo‘lgan ko‘plab a’zolari buni o‘z xavfsizligiga tahdid deb hisoblamoqda”, — dedi u.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligining Yevropa bilan hamkorlik departamenti direktori Andrey Kelin Moskva “Iskandar” majmualarining Kaliningradga joylashtirilishi haqidagi masala bo‘yicha NATO oldida hisob bermoqchi emasligini aytgan edi.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют