» » Rossiya — NATO Kengashining majlisi shov-shuvli natijalarsiz yakunlandi

Rossiya — NATO Kengashining majlisi shov-shuvli natijalarsiz yakunlandi


Rossiya — NATO Kengashining elchilar darajasidagi bu yil hisobidan birinchi majlisi shov-shuvli natijalarsiz yakunlandi, deb yozadi “TASS”.

Uning ishtirokchilari yana kengashning 2016-yildagi uchta majlisida ko‘tarilgan uchta asosiy mavzularni muhokama qildi, bular — Yevropadagi harbiy faoliyat shaffofligini oshirish, shu jumladan, yangi qism va bo‘linmalarni joylashtirish hamda harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek, Afg‘oniston va Ukrainadagi nizolar.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra na NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va na Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushko qandaydir ahamiyatli amaliy natijalarga erishilgani haqida ma’lum qilmagan bo‘lsa-da, ushbu uchrashuvning asosiy yakuni Rossiya va NATO o‘rtasidagi aloqa asta-sekinlik bilan jonlanib, yanada tizimli bo‘lib borayotgani haqidagi faktning ta’kidlangani bo‘ldi.

Shuningdek, Rossiya — NATO Kengashida muhokamalar rejalashtirilgan uch soat o‘rniga, to‘rt soatdan ortiq davom etgani ham namunali fakt bo‘ldi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют