» » Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi belgilandi

Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi belgilandi


“Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Nizom bilan tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan, o‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlangan karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi belgilandi.

Nizomga muvofiq, quyidagi hollarda karantin ostidagi mahsulotlar olib qo‘yiladi:

Xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar bilan zararlangan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish va yuk jo‘natuvchiga qaytarib yuborishning imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ular yo‘q qilinishi (maxsus joyda yoqib yuborish yoki chuqur qazib ko‘mib tashlash yo‘li bilan) lozim.

Bunda hududiy o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari boshliqlari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organlarining va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat komissiya tuziladi.

Komissiya tomonidan ushbu mahsulotlar tegishli joyda yo‘q qilinadi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 04:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют