» » “Barsa” tor-mor qilgan “PSJ” “Monako” darvozasiga 4 ta gol urib, Liga kubogida zafar quchdi

“Barsa” tor-mor qilgan “PSJ” “Monako” darvozasiga 4 ta gol urib, Liga kubogida zafar quchdi


Aprel oyi “PSJ” klubi uchun omadli kelib, jamoa Fransiya Liga kubogida zafar quchishning uddasidan chiqa oldi.

Chempionlar ligasidan qolib ketgan Parij klubi finalda xalqaro maydonda kurashni davom ettirayotgan “Monako” bilan to‘qnash keldi va 4:1 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi bo‘limda dubl qayd etgan Edinson Kavani uchrashuv qahramoniga aylandi.

Ma’lumot uchun, Fransiya chempionatida “Monako” raqibini 3 ochko ortda qoldirgani holda peshqadam bo‘lib turibdi. Bunda Monakodagi o‘yin mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan bo‘lsa, “PSJ” o‘z maydonida 1:1 hisobini qayd etgandi. Liga kubogida Unai Emeri boshchilik qilayotgan jamoa buning uchun revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.

Fransiya Liga kubogi
Final
1-aprel, shanba

Gollar: Yulian Draksler, 4 (0:1). Lema, 27 (1:1). Anhel Di Mariya, 44 (1:2). Edinson Kavani, 54 (1:3). Edinson Kavani, 90 (1:4).

Опубликовано: admin (3-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют