» » O‘zbekiston Xitoyga anor eksport qiladi

O‘zbekiston Xitoyga anor eksport qiladi


Xitoy xalq respublikasi davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning joriy yil 1—2-noyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida meva eksport-importini amalga oshirish bilan bog‘liq 2 ta muhim kelishuv hujjati imzolandi. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Imzolangan birinchi kelishuv natijasida, mevalarni avtotransportlarda uchinchi mamlakat hududidan tranzit orqali Xitoyga eksport qilish imkoniyati yaratildi va buni amalga oshirish bo‘yicha talablar belgilandi.

Talablarni bajarish orqali, endilikda tadbirkorlar yangi uzilgan (Xitoyga eksport qilinishiga ruxsat etilgan) mevalarni Qozog‘iston orqali Xargos va Alashankou hamda Qirg‘iziston orqali Irkeshtam va Turgart chegara o‘tkazish punktlaridan Xitoyga avtotransportlarda olib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Kelishuvda shuningdek, eksport qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha asosiy talablar sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan:

Shu bilan birga, anor mevasini Xitoyga eksport qilish bo‘yicha ham kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvda anorni eksport qiluvchilarga nisbatan quyidagi asosiy talablar belgilangan:

Belgilangan talablarga rioya etilmagan holda, yuklanib eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar chegara punktlaridan qaytarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar, Xitoyga 12 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksportiga ruxsat olishga erishilgan bo‘lib, hozirda qo‘shimcha ravishda 15 ta mahsulotlar eksportiga ruxsat olish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Eksportga ruxsat etilgan mahsulotlar: gilos, qovun, achchiq qalampir, anor, mosh, qobiqsiz grek yong‘og‘i, shirin va achchiq bodom, uzum danaklari, kunjut, shuningdek quritilgan mahsulotlarlardan: mayiz, o‘rik qoqisi.

Ruxsat olinishi kutilmoqda: uzum, limon, xurmo, olma, anjir, olxo‘ri, shaftoli, tarvuz, piyoz, loviya, yeryong‘oq, shuningdek, quritilgan mahsulotlardan: achchiq qalampir, olxo‘ri, qovun.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют