» » Otabek Umarov Saida Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Otabek Umarov Saida Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi


Otabek Umarov 5-noyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaga tabrik yo‘lladi.

“Hurmatli Saidaxon, tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklayman! O‘zingizga bo‘lgan ishonch va iroda hech qachon tark etmasin! ?

Mukamallikka intilish — hayotingiz mazmuni ekan, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lidagi barcha qiyinchiliklar doim ortga chekinsin.

Siz men uchun qadrli bo‘lgan akajonimning quvonchi, suyukli rafiqasisiz. Farzandlaringiz Miromon va Saodatxonlar doimo o‘z yutuqlari bilan ko‘nglingizni tog‘dek ko‘tarib yurishlariga tilakdoshman!

Omad, quvonch va mehr hayotingizda hamisha hamroh bo‘lsin”, — deyiladi tabrikda.

Mavzuga doir: “Sizning borligingiz menga kuch bag‘ishlaydi”. Otabek Umarov rafiqasi Shahnoza Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining kuyovi Otabek Umarov va qizi Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifalari orqali bir-birini to‘ylarining 12 yilligi bilan tabriklagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют