» » Zoir Mirzayev o‘tkazgan yig‘ilishda 2 ta tashkilot rahbari vazifasidan ozod etildi

Zoir Mirzayev o‘tkazgan yig‘ilishda 2 ta tashkilot rahbari vazifasidan ozod etildi


2-noyabr kuni Qarshi shahridagi madaniyat va aholi dam olish markazida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligida Qarshi shahrida shu kungacha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari atroflicha muhokama qilingan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ayrim yo‘nalishdagi ishlar ahvoli tanqidiy baholangan. Jumladan, o‘rganishlar davomida sanitariya-gigiyena talabiga javob bermaydigan mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shaharsozlik normasiga mos bo‘lmagan qurilishlarga ruxsat berish, noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan qurilishlarni amalga oshirish holati aniqlangani tanqid qilingan. Mutasaddilarning bee’tiborligi, o‘z vazifasini to‘laqonli bajarmagani bunga asosiy sabab sifatida ko‘rsatildi.

Shularni hisobga olib, Qarshi shahar davlat sanitariya-epidemiologiya markazi bosh shifokori O.Cho‘liyev, Qarshi shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i Sh.Bo‘ronov egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Shuningdek, Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari U.Avazov ham jiddiy ogohlantirildi va unga ishni to‘g‘ri tashkil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 oy sinov muddati berildi.

Bundan tashqari, Qarshi shahrida noqonuniy savdo faoliyati oldini olishga lozim darajada e’tibor qaratmagani uchun Qarshi shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i K.Qurbonovning ishda qolish yo qolmaslik masalasini ko‘rib chiqish viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘iga topshirildi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoning yangi tayinlangan rahbari Zoir Mirzayev birinchi ish kunida nimalar qildi?

O‘z ishiga mas’uliyatsiz qaraydigan barcha rahbarlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining oxirida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Zoir Mirzayev – Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют