» » O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar soni haftasiga 15 tagacha oshiriladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar soni haftasiga 15 tagacha oshiriladi


Pekin shahrida O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Vazirlik delegatsiyasini Xitoy fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasida Xalqaro ishlar departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Bayi Venli xonim qabul qildi.

Muzokaralarda tomonlar aviatsiya qatnovlari sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi parvozlarni ko‘paytirish, tayinlangan aviakompaniyalarning parvozlar geografiyasini kengaytirish va amalga oshirilayotgan reyslarni Pekin shahridagi yangi “Dasin” xalqaro aeroportiga o‘tkazish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tayinlangan aviakompaniyalarning reyslarini haftasiga 15 tagacha oshirish, ikki davlat aviatsiya hukumati o‘rtasidagi mavjud kelishuvga Pekin, Urumchi, Shanxay, Guanchjou, Tyanzin kabi ruxsat etilgan shaharlar qatoriga tayinlangan aviakompaniyalar tomonidan parvozlarni amalga oshirishda Xitoyning Sian, Sanya, Iu va Chendu shaharlarini qo‘shish, aviakompaniyalar reyslarini Pekin shahridagi yangi “Dasin” xalqaro aeroportiga o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-texnik masalalarni ishlab chiqishni boshlash yuzasidan kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют