» » Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib keldi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib keldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpinning taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Pekin shahriga yetib keldi.

O‘zAning xabar berishicha, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi bosh vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjan Detszyan va boshqa rahbarlar bilan uchrashuv va muzokaralarda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidentining Xitoy yetakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda o‘zaro foydali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14—15 may kunlari Pekin shahrida “Bir belbog‘, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют