» » Xitoylik investorlar Namanganda 100 mln dollarlik sement zavodini quradi

Xitoylik investorlar Namanganda 100 mln dollarlik sement zavodini quradi


Xitoylik investorlar Namanganda sement zavodi quradi, deb xabar berdi O‘zA.

Ushbu masala Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Xitoy ishbilarmonlari vakillarining uchrashuvida atroflicha muhokama qilingan.

Loyihaga ko‘ra “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida Xitoy investitsiyalari ishtirokida yirik sement zavodi barpo etiladi. 35 gektar maydonda ikki bosqichda amalga oshiriladigan mazkur loyihaning umumiy qiymati 100 million dollardan ortiq bo‘lib, yuz foiz xitoylik investorlar tomonidan moliyalashtiriladi.

2021-yil boshidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxonada yiliga 1,3 million tonna M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqariladi.

Mavzuga doir: Surxondaryoda qiymati 144 mln dollarlik sement zavodi ishga tushdi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida “Surxonsementinvest” xorijiy korxonasi ishga tushirilgan edi. AQShning Alfa Eco Corporation kompaniyasi esa Jizzaxda 2020-yilning so‘ngiga qadar 300 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish evaziga 800—1000 ta ishchi o‘ringa mo‘ljallangan sement zavodini ochishni rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют