» » Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli benzinni olib chiqib ketishga taqiq qo‘ydi

Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli benzinni olib chiqib ketishga taqiq qo‘ydi


Qozog‘iston neft mahsulotlarini avtotransportda olib chiqishga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi. Bu O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga yoqilg‘i eksport qilish bilan bog‘liq.

“Adilet” normativ-huquqiy hujjatlar veb-saytida e’lon qilingan Qozog‘iston Energetika vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorda shu haqda so‘z boradi. Hujjat olti oy davomida avtotransportda mamlakatdan neft mahsulotlarini olib chiqishni ko‘zda tutadi.

Hujjatda aytilishicha, olti oy davomida YEOII TIFTN kodlarining 2709, 2710, 2902, 3403, 3811 guruhlariga tegishli tovarlarning transport vositalari orqali Qozog‘iston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlanadi.

“Avtotransport vositalarining ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan va texnik shartlarga muvofiq o‘rnatilgan benzobaklar, shuningdek, hajmi 20 litrdan ko‘p bo‘lmagan alohida idishlarda eksport qilish hollari bundan mustasno”, — deyiladi hujjatda.

TASS’ning Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berishicha, buyruq 2-noyabrdan kuchga kirdi. Avvalroq, idora mamlakatda benzin va dizel yoqilg‘isining chakana narxlari Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga nisbatan past ekani, bu respublika chegarasiga yaqin viloyatlarda tranzit transportlari orqali yoqilg‘i-moylash materiallarining yuqori iste’moliga olib kelayotganini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют