» » O‘zbekiston Qozog‘istondan elektr energiya sotib olishni boshladi

O‘zbekiston Qozog‘istondan elektr energiya sotib olishni boshladi


Iyun oxiridan, uzoq yillar davomida birinchi marta Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qila boshladi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vazirligi xabariga tayanib “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

O‘zbekistonga 17-iyul holatiga ko‘ra 145 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, yil davomida O‘zbekistonga 1 milliard kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi eksport qilinadi.

“Qozog‘iston elektr energiyasi stansiyalarining modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi natijasida olingan elektr quvvatlari profitsiti sharofati bilan elektr energiyasi eksport qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют