» » Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini keskin oshirdi

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini keskin oshirdi


2018-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti hajmini qariyb to‘rt barobar oshirdi, deb xabar bermoqda Asia-Plus.

Chunonchi, joriy yilning iyulida qo‘shni mamlakatdan 417 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Bungacha O‘zbekistonga har oyda 110—120 million kilovatt-soat eksport qilinardi.

Tojikiston O‘zbekistonga elektr toki yetkazib berishni shu yilning aprelida to‘qqiz yillik tanaffusdan keyin qayta tikladi.

Yil oxirigacha Tojikistondan kamida 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qilinishi kutilmoqda.

Ikki mamlakat elektroenergetika kompaniyalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, yozgi davrda O‘zbekiston Tojikiston elektr energiyasini bir kilovatti uchun ikki sent, qishda — 2,5 sent narxda sotib oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют