» » O‘zbekiston va Tojikiston elektr energiyasini yetkazib berish haqida kelishib oldi

O‘zbekiston va Tojikiston elektr energiyasini yetkazib berish haqida kelishib oldi


Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi 1,5 milliard kVt?soatgacha bo‘lgan miqdorda yetkazib beriladi, deb yozadi “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati.

“Savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida hukumatlararo komissiya majlisi bayonnonomasi bandlarini bajarish bo‘yicha ishchi komissiya yig‘ilishi davomida Tojikiston Respublikasi Energetika va suv xo‘jaligi vazirligi bilan Tojikistondan O‘zbekiston Respublikasiga 2018-yil vegetatsiya davrida o‘zaro foydali texnik-iqtisodiy shartlar bo‘yicha 1,5 milliard kVt?soatgacha bo‘lgan miqdorda elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.

Tojikistondan O‘zbekistonga 2018—2019-yillarning qishki mavsumida elektr energiyasini yetkazib berish qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют