» » Tojikiston O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd kilovatt/soat elektr energiyasini eksport qiladi

Tojikiston O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd kilovatt/soat elektr energiyasini eksport qiladi


Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni joriy yil marti oxirida yoki apreli boshida boshlaydi. O‘zbekistonga eksport qilinadigan tojik elektr energiyasining umumiy hajmi yiliga kamida 1,5 milliard kilovatt/soatga teng bo‘ladi, deb yozadi UZ24.

Ayni paytda Dushanbe va Toshkent tojik elektr energiyasining O‘zbekistonga yetkazib berilishi narxi haqida kelishib olgan.

Yozda O‘zbekiston Tojikiston elektr energiyasini bir kilovatt uchun ikki sent, qishda esa — 2,5 sent narxda sotib oladi.

“Tojikiston qo‘shni mamlakatga elektr energiyasi yetkazib berishni istalgan lahzada boshlashi mumkin, ammo O‘zbekiston janubini Tojikiston bilan bog‘lovchi 60 kilometrlik elektr uzatish liniyasini qayta tiklash hamda Tursunzoda shahrida releli himoya va avtomatika loyihasini amalga oshirish ishlari yakunlanganicha yo‘q, ammo bu boradagi ishlar tezkor sur’atlarda bormoqda”, — dedi “Aziya-Plyus”ning Tojikiston hukumatidagi manbasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют