» » Tolimarjon IESda 7,2 mlrd kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqariladi

Tolimarjon IESda 7,2 mlrd kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqariladi


“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati “Tolimarjon IESni 450 MVtlik ikkita bug‘-gaz qurilmasi qurish bilan kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirdi. Bu haqda “O‘zbekiston24” xabar bermoqda.

Janubiy Koreyaning Hyundai va Daewoo kompaniyalari konsorsiumi bug‘-gaz qurilmalari qurilishida ishtirok etdi. Loyiha Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi kredit mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirildi.

1 va 2-energoblokning foydalanishga topshirilishi energotizim tejamkorligini elektr energiya ishlab chiqarishga yonilg‘i sarflanishini kamaytirish hisobiga oshirish imkonini beradi va yiliga 7,2 milliard kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqariladi. Shuningdek, Samarqand—Buxoro elektrouzeliga energiya yetkazishda yo‘qotishlar kamayadi.

Ayni vaqtda 2022-yilgacha yana shunday quvvatdagi ikkita bug‘-gaz qurilmasi qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilmoqda. Bu loyihaning amalga oshirilishi IES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya hajmini yiliga 20,4 milliard kilovatt-soatga yetkazish imkonini beradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют