» » Shavkat Mirziyoyev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati va hududdagi qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi.

Loyihani amalga oshirish natijasida 1 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘ining sarfi kamayishi hisobidan bir yilda o‘rtacha 330 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Bugungi kunda viloyatda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalar ko‘lamini kengaytirishda elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yaponiyaning Mitsubishi Corporation and MHPS konsorsiumi va Navoiy issiqlik elektr stansiyasi o‘rtasida 2016-yil oktabr oyida mazkur loyihani amalga oshirishga doir shartnoma imzolangan edi. Hozirgi kunda Mitsubishi Corporation and MHPS konsorsiumi qurilish maydonida mobilizatsiya va yer ishlarini olib bormoqda.

Bu yerda 112 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют