» » O‘zbekistonda 2017-yili 4,5 mlrd dollar hajmidagi xorijiy investitsiyalar jalb etiladi

O‘zbekistonda 2017-yili 4,5 mlrd dollar hajmidagi xorijiy investitsiyalar jalb etiladi


O‘zbekistonda 2017-yilda 199 ta investitsiya loyihasi doirasida 4,505 milliard dollar hajmidagi xorijiy investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan tasdiqlangan joriy yil investitsiya dasturiga ko‘ra, chet el kreditlari hisobiga hukumat kafolati bilan 79 loyiha bo‘yicha 1,854 milliard dollar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar evaziga 120 loyiha asosida 2,65 milliard dollar o‘zlashtiriladi. 

Xorijiy investitsiyalarning eng katta qismi (37 loyiha bo‘yicha 2,47 milliard dollar) yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga to‘g‘ri keladi. Ulardan chet el kompaniyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hisobiga neft-gaz sohasiga 20 loyiha doirasida 1,97 milliard dollar kiritiladi. 

Jumladan, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi 2017-yilda umumiy qiymati 8 milliard dollardan oshiq bo‘lgan ikki kelishuv bo‘yicha 1,217 milliard dollar investitsiya qiladi. Gazprom International sho‘ba tizimi bo‘lgan Gas Project Development Central Asia Ustyurt mintaqasi va Surxondaryo viloyatida 1,3 milliard dollarlik ikki loyihani amalga oshiradi.

Energetika tarmog‘ida xorijiy kreditlar hisobiga 17 loyiha asosida 506,7 million dollar o‘zlashtiriladi. Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems (Yaponiya) Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida quvvati 900 megavatt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi va Navoiy IES uchun 450 megavattli bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatishga kirishadi. Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlaydi. 

Ma’lumot uchun, 2016-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga ko‘paydi va 3, 7 milliard dollardan oshdi. 

Опубликовано: admin (1-03-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют