» » “Angren” erkin iqtisodiy zonasida 9 ta sarmoyaviy loyiha amalga oshiriladi

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida 9 ta sarmoyaviy loyiha amalga oshiriladi


2017-yil “Angren” erkin iqtisodiy zonasida jami 300 million dollar miqdorida to‘qqizta sarmoyaviy loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

“Angren” EIZ direksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda 9 ta yangi loyihani ishga tushirishni ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar olib boriladi.

Xususan, charmni qayta ishlash, choksiz temir trubalar va armatura, parmalash va silliqlash elektr qo‘l mashinalari, bezakli sopol plitkalar va sanitar fayans, konveyerli tasmalar, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari, keramogranit, elektr nasoslar va boshqa zarur mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilgan loyihalarning umumiy qiymati 300 million dollardan oshishi taxmin qilinmoqda. Ushbu qiymatning 40,35 million dollarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijdan kiritiluvchi investitsiya tashkil etadi.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют