» » Qashqadaryodan bir oyda 7 million donadan ziyod tuxum eksport qilindi

Qashqadaryodan bir oyda 7 million donadan ziyod tuxum eksport qilindi


2016-yilda Qashqadaryoda parrandachilik sohasida 160 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va ilk bor tashqi bozorga 200 ming dollarlik tuxum eksport qilindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

— O‘tgan yili eksport qilingan 200 ming dollarlik tuxum mahsuloti 9 ta bojxona yuk deklaratsiyasi asosida to‘liq elektron tarzda masofadan turib rasmiylashtirildi. Bu esa tadbirkorlarning qimmatli vaqtini tejash imkoniyatini yaratdi, — deydi “Kitob” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Xurshid Mirzayev. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, joriy yil 1-yanvaridan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan joylardan boshqa joylarda amalga oshirganlik uchun yig‘im amaldagi eng kam oylik ish haqining 10 foizidan ikki barobarga kamaytirildi.

Mahsulotlarni eksportga rasmiylashtirishda joriy qilinayotgan bu kabi imkoniyat va qulayliklar natijasida joriy yilda tuxum eksporti hajmi bir necha barobarga oshdi va yanvar oyining o‘zida qiymati 438 ming dollarlik 7 million donadan ziyod tuxum eksport qilindi.

— Xorijiy xaridorlar bilan hamkorlik qilish davomida shunga ishonch hosil qildikki, tashqi bozorda tuxumga talab yuqori, — deydi Yakkabog‘ tumanidagi “Kumush kuz fayzi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Maqsud Kamolov. — Shu vaqtga qadar mahsulotimizni ichki bozorga sotgan bo‘lsak, endilikda uning bir qismini eksportga yo‘naltirish imkoniga egamiz. O‘tgan yili afg‘onistonlik hamkorlarimizga 60 ming dollarlikdan ziyod tuxum yetkazib berdik. Ushbu hamkorligimiz joriy yilda ham davom ettiriladi. Shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham mahsulotimizni sotib olish istagidagi xaridorlar bor.

Shahrisabz tumanida faoliyat yuritayotgan “Eko parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati bundan 5 yil avval tashkil etilgan. Ayni paytda korxona fabrikasida boqilayotgan tovuqlar soni 80 ming boshga yetgan. “Xay-layn” zotiga mansub bu tovuqlar kasallikka chidamliligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi.

— Fabrikamizda tovuqlarni oziqlantirishdan tortib tuxumlarni yig‘ib olishgacha bo‘lgan barcha jarayon avtomatlashtirilgan holda bajariladi, — deydi jamiyat rahbari Muhiddin Umidov. — Kuniga o‘rtacha 10 ming dona tuxum olinadi. Mahsulot ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo‘yicha ish olib boryapmiz. Tez orada qiymati 1 million dollardan ortiq qo‘shimcha loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar yakunlanadi. Natijada fabrikada boqiladigan tovuqlar soni 120 ming boshga ortadi, 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Tadbirkorning qayd etishicha, ushbu korxona ham o‘tgan yildan boshlab chetga tuxum eksport qilishga kirishgan. Qo‘shni Afg‘oniston davlatidagi Ixlos firmasi tomonidan 107 ming dollarlik mahsulot xarid qilindi. Tomonlar joriy yilda ham 7 million dona tuxum yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют