» » Toshkentda Latviyadan jo‘natilgan iste’mol muddati 3 yil avval o‘tib ketgan qariyb 6 tonnalik “shirin konteyner” ushlab qolindi

Toshkentda Latviyadan jo‘natilgan iste’mol muddati 3 yil avval o‘tib ketgan qariyb 6 tonnalik “shirin konteyner” ushlab qolindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari sifatsiz va iste’mol muddati o‘tgan katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarining O‘zbekistonga olib kirilishining oldini oldi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Toshkent–tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari temiryo‘l konteynerlaridan birini o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazganida, bir qator qonunbuzilish holatlari aniqladi.

Bojxona ko‘rigi davomida ma’lum bo‘lishicha, konteynerlardan birining ichidagi 20 tonnadan ortiq yuklar Latviyadan Toshkentda faoliyat yurituvchi tashkilotlardan birining nomiga yuborilgan bo‘lib, ular orasidagi iste’mol muddati deyarli 3 yil avval o‘tib bo‘lgan salkam 5,8 tonna shokolad va saqich hamda iste’mol muddatiga atigi 1 oy qolgan 830 kilogrammdan ortiq kartoshka chipslari aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bojxona xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan salkam 2 800 ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati 6,4 milliard so‘mdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют