» » Zargarlik buyumlari va qo‘l telefonlarining chegaradan noqonuniy olib o‘tilishi oldi olindi

Zargarlik buyumlari va qo‘l telefonlarining chegaradan noqonuniy olib o‘tilishi oldi olindi


O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metaldan tayyorlangan besh donagacha zargarlik buyumni olib kirishga ruxsat etiladi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqarolar Otabayeva va Sotiboldiyeva (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) mazkur tartiblarni buzishga urindi. “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan ushbu shaxslar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning qing‘ir qilmishlari fosh etildi.

Jumladan, fuqaro Sotiboldiyeva yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 294 gramm og‘irlikdagi tilla va kumushdan tayyorlangan 87 dona zargarlik buyumini qo‘l yuklari orasiga yashirgan holda olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Uning hamrohi Otaboyevaga esa bojxonachilardan yashirib 61 gramm og‘irlikdagi 10 dona tilla taqinchoqni egnidagi kiyimlarining cho‘ntaklariga yashirgancha olib o‘tish rejasi naf bermadi.

Shuningdek, poytaxt aeroporti bojxonachilari Seul—Toshkent reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro Bahromovning noqonuniy harakatlariga chek qo‘ydi. Ushbu shaxs ham bojxona nazoratidan yashirgancha uch turdagi 35 dona qo‘l telefonini olib kirishni ko‘zlagan.

Xuddi shunday holat Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan ham aniqlandi. Chegaradosh hududda harakatlanayotgan avtomashina o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, er-xotin Sodiqovlar qiymati 34,5 million so‘mlik besh turdagi 45 dona uyali aloqa vositasini bellariga bog‘lab olgancha, qo‘shni davlatdan olib kirishga uringani aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют