» » O‘zbekistonga ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd olib kelinadi

O‘zbekistonga ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd olib kelinadi


2017-yilda O‘zbekistonga Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi yo‘nalishlariga qo‘yilishi rejalashtirilgan ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd olib kelinadi. Qarshi – Termiz, Urganch – Xiva yo‘nalishlari ham elektrlashtiriladi, deb yozadi O‘zA.

Bu haqda O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2016-yil ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va 2017-yilgi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan 2016-yilda 68 million tonna yuk tashildi. 21,1 million yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yildi. 369 million dollar miqdorida eksport xizmatlari ko‘rsatildi. Aksiyadorlik jamiyati sanoat korxonalarida 422,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Tizimda 2 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilib, ishchilar soni 70 mingdan oshdi.

– O‘tgan yilda investitsiya dasturiga ko‘ra 820 million dollardan ko‘proq mablag‘ o‘zlashtirildi, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining bosh menejer-bosh muhandisi Husniddin Hosilov. – Natijada qator loyihalar amalga oshirilib, yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratildi. Xususan, 2016-yilda uzunligi 123,2 kilometrni tashkil etuvchi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va uning doirasida bunyod etilgan uzunligi 19,2 kilometrdan iborat Qamchiq tunneli foydalanishga topshirildi. O‘tgan yil 11-iyuldan boshlab, mazkur yangi temir yo‘l orqali Farg‘ona vodiysiga hamda u yerdan yurtimizning boshqa hududlariga yuk poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Toshkentdan Andijonga birinchi yo‘lovchi poyezdi qatnovi boshlandi. Hozir Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo‘lovchi poyezdi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют