» » BMT Bosh kotibi: 20 mln kishi hayotini saqlab qolish uchun 4,4 mlrd dollar yetmayapti

BMT Bosh kotibi: 20 mln kishi hayotini saqlab qolish uchun 4,4 mlrd dollar yetmayapti


BMT Nigeriya, Somali, Janubiy Sudan va Yamanda ochlik tufayli hayotiga o‘lim xavf solayotgan qariyb 20 million kishini saqlab qolish uchun mart oyining oxiriga qadar 4 milliard dollardan ko‘proq pul topishi kerak. Hozircha 90 million dollar yig‘ildi, deb xabar beradi “RBK”.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nigeriya, Somali, Janubiy Sudan va Yamanda 20 million kishining hayoti ochlik tufayli xavf ostida qolayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat bilan bog‘liq favqulodda vaziyatni hal qilish uchun 2017-yilda 5,6 milliard dollar, shu jumladan, mart oyining so‘ngiga qadar 4,4 milliard dollar topish zarur.

Qayd etilishicha, ayrim saxiy kishilarning bergan va’dalariga qaramay, hozirgacha faqatgina 90 million dollar qabul qilingan.

Ochlik Janubiy Sudanning ayrim tumanlarida allaqachon voqelikka aylanib ulgurgan. Agar biz harakatni hoziroq boshlamasak, u boshqa tuman va mamlakatlarga ham tarqaladi. Biz fojia ostonasida turibmiz.

Antoniu Guterrish, BMT Bosh kotibi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют