» » Rolls-Royce yilni salkam 6 mlrd dollar zarar bilan yakunlaganini ma’lum qildi

Rolls-Royce yilni salkam 6 mlrd dollar zarar bilan yakunlaganini ma’lum qildi


Buyuk Britaniyaning kema va aviatsiya uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Holdings kompaniyasi rekord miqdorda — 4,6 milliard funt sterling (5,7 milliard dollar atrofida) yillik zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. 

Bu qadar salbiy natijaga kompaniyaga nisbatan aksilkorrupsiyaviy tekshiruv doirasida qo‘llanilgan jarimalar, shuningdek, mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishi bo‘yicha referendum tufayli funt sterling qiymati tushgani sabab bo‘lgani bildirilmoqda. 

Shu bilan birga, kompaniya 2016-yil yakunlari bo‘yicha tushum miqdorini 9 foizga — 4, 96 milliard funt sterlinggacha ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi.

Rolls-Royce 17-yanvar kuni 2012-yildan beri kompaniyaga nisbatan olib borilayotgan aksilkorrupsiyaviy tekshiruvni bartaraf etish borasida Buyuk Britaniya, AQSh va Braziliya rasmiylari bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi. Kompaniya jami 671 million funt sterling (800 million dollardan ortiq) jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi. 

Mazkur kelishuv korrupsiyaga aralashgan kompaniya mansabdorlarini ta’qib va javobgarlikdan ozod etmaydi. Jumladan, o‘tgan haftada Britaniyaning yirik firibgarliklarga qarshi kurash boshqarmasi kompaniya sobiq direktori Jon Rouz va yana bir necha o‘nlab xodimni so‘roq qildi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют