» » Xitoy savdo-sanoat banki ilk bor dunyoning eng qimmat bank brendi deb topildi

Xitoy savdo-sanoat banki ilk bor dunyoning eng qimmat bank brendi deb topildi


Xitoy savdo-sanoat banki (ICBC) bu yil ilk bor dunyoning eng qimmat bank brendi deb topildi. Buyuk Britaniyaning Brand Finance tahliliy agentligi hisoboti shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “TASS”.

Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, ICBC brendining qiymati 2017-yilda 32 foizga ko‘tarilib, 47,8 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bank avvalgi yetakchi —Wells Fargoni (AQSh, 41,6 milliard dollar) ortda qoldirdi.

“Aktivlari bo‘yicha dunyoning eng yirik banki bo‘lgan ICBC yil davomida brendi qiymatini 32 foizga — 47,8 milliard dollargacha ko‘tarishga erishdi. Bu mazkur moliyaviy muassasa umumiy bozor kapitallashuvining (239 milliard dollar) 20 foizini tashkil etadi”, — deyiladi hisobotda.

Dunyoning eng qimmat bank brendlari o‘nligidan Chase (AQSh), Bank of China, Bank of America, Qishloq banki (Xitoy), Citi, HSBC (Buyuk Britaniya) va Santander (Ispaniya) ham o‘rin oldi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют